Biznesingizni biladigan shaxsiy aql.

Roʻyxatdan oʻtish
MOOPI

Telegram

Instagram

Ovozli yordamchi

OKT24Kalendar

Budilnik

Qaydlar

XExcel

WWord

1СERP

Tizimlar

MOOPI avval siz bilan tanishadi: nima sotasiz, kim xaridor, qanday ishlaysiz. Keyin har kuni yoningizda — reja tuzadi, mijozlarga javob tayyorlaydi, hisoblaydi.

Sizdan oʻrganadi. Siz kabi ishlaydi. Sizdan tezroq.

Siz

MOOPI · ikkinchi siz

XNarxlar · narxlar.xlsxSement — 62 000, armatura — 8,9 mln

Qoidalar · qaydlaringizDoimiy mijozga 2 hafta nasiya beraman

Uslub · 1 240 ta xabaringizMijozlarga «aka», «opa» deb iliq yozaman

OKT24Ish tartibi · kalendarJuma kuni ombor yopiq

1СOdamlar · 1C hamkorlarRavshan aka — asosiy yetkazib beruvchi

Ovoz · ovozli xabarlaringizOvozingiz ham

Bahodir · Baraka QurilishTelegram · hozir

Juma kuni 2 tonna armatura olib ketsam boʻladimi? Narxi qancha?
Assalomu alaykum, Bahodir aka! Juma kuni ombor yopiq — shanba 9:00 dan kelavering. Armatura tonnasi 8,9 mln, 2 tonnasi — 17,8 mln.

Qayerdan bildi: Uslub Ish tartibi Narxlar

SizMOOPI Javob — boʻshaganingizdaJavob — 4 soniyada Hisob-kitob — soatlabHisob-kitob — soniyalarda Ish vaqtidaKechayu kunduz

Oxirgi soʻz — sizda

MOOPI javobni yozib qoʻyadi. Yuborishni esa siz hal qilasiz.

Bosing yoki aylantiring

18:42

Bir kun MOOPI bilan

@moopiai

Gapiring — u eshitadi

Yoʻlda, omborda, qoʻlingiz band boʻlganda: savol bering — MOOPI ovozda javob beradi.

Savolni bossangiz — javob matn boʻlib chiqadi, ovozsiz. ▶ tugmasi — xuddi shu, ovoz bilan.

Mijoz golos yuborsa ham

Telegramʼda mijoz ovozli xabar yuborsa, MOOPI eshitadi, matnga aylantiradi va javob tayyorlaydi.

Telegram · Nilufarsizning akkauntingiz

MOOPI eshitdi:

MOOPI tayyorlagan javob
TasdiqlashOʻzgartirish

Javoblar sizning ovozingizda

Ovozingizni bir marta yozib berasiz — tanlagan Telegram chatlaringizga javoblar sizning ovozingizda ketadi. Har biri faqat sizning tasdigʻingiz bilan.

Bitta javob — ikki ovozda: «»

Sizning biznesingiz uchun

Biznesingizni tanlang — qaysi tashvishlarni MOOPI oʻz zimmasiga olishini koʻring.

    Koʻp beriladigan savollar

    Biznes egalari eng koʻp soʻraydigan 14 ta savol.

    Boshqa savolingiz bormi? Roʻyxatdan oʻting — MOOPIʼning oʻzidan soʻrang. Roʻyxatdan oʻtish

    Umumiy

    • Qisqasi — kundalik ishning katta qismini oʻz zimmasiga oladi:

      • Telegramʼdagi xabarlarga javob tayyorlaydi
      • Instagram direct va izohlariga javob beradi
      • Excel, Word, PDF fayllarni oʻqib, hisoblaydi
      • Har kuni ertalab kunlik brifing beradi
      • Eslatma, vazifa va daftarlarni yuritadi
      • Biznesingizni tahlil qilib, maslahat beradi
      • Ovozli savolga ovoz bilan javob beradi
      • Sizni oʻrganib, kun sayin aniqroq ishlaydi
    • Kichik va oʻrta biznes egalari uchun — kuni xabarlar, hisob-kitob va eslatmalar bilan oʻtadiganlar uchun. Shaxsiy ishlarda ham yordam beradi: reja, oʻqish, sogʻliq.

      DoʻkonUlgurji savdoUstaxonaXizmat koʻrsatishOʻquv markaz

      Har biriga nima foyda
    • Uch qadam — va MOOPI ishga tayyor:

      1. Roʻyxatdan oʻtasiz
      2. Hisobingiz tasdiqlanadi
      3. MOOPI siz bilan 10 daqiqa tanishadi
    • Oʻzbekcha (lotin va kirill) va ruscha — yozuvda ham, ovozda ham. Qaysi tilda yozsangiz, oʻshanda javob beradi.

      Assalomu alaykumlotinАссалому алайкумkirillЗдравствуйтеrus

    • Anthropic kompaniyasining Claude modeli ustiga. MOOPI unga sizning xotirangizni, daftarlaringizni va kerakli vositalarni beradi — shuning uchun javoblari umumiy emas, aynan sizning ishingiz haqida.

    Telegram va Instagram

    • Ikki yoʻl bilan:

      • @moopiai bot — MOOPI bilan shu yerda gaplashasiz. Biror xabarni botga uzatsangiz, uni vazifa, eslatma yoki daftarga aylantiradi.
      • Oʻz akkauntingiz — ulasangiz, mijoz va xodimlaringizga javob tayyorlaydi, siz tasdiqlaysiz.
    • Direct va izohlarga javob tayyorlaydi, xohlasangiz oddiy savollarga oʻzi javob beradi. Spam izohlarni yashiradi, mijozlar kontaktini yigʻadi, kontent reja va statistika tuzadi, har hafta hisobot beradi.

      Instagram ulanishi hozir sinov bosqichida.

    Kundalik ish

    • Ertalab kunlik brifing beradi: bugungi ishlar, toʻlov muddatlari, javob kutayotgan mijozlar. Kun davomida vazifalarni kuzatadi va kerakli paytda eslatadi.

      Bir kunini koʻring
    • Ha. Excel, Word, PDF yoki rasm yuborasiz — oʻqiydi, hisoblaydi, jadval va grafik tuzadi, qisqa xulosa yozadi.

    • Ha. Savdo, xarajat va mijozlar haqidagi maʼlumotlaringizdan biznesingizni tekshiradi, zaif joylarni topadi va aniq qadamlar taklif qiladi.

    • Ha. Savolni ovoz bilan berasiz — u ham ovoz bilan javob beradi, oʻzbekcha va ruscha. Yoʻlda yoki qoʻlingiz band boʻlganda qulay.

      Eshitib koʻring

    Nazorat va xavfsizlik

    • Ruxsatingizsiz — yoʻq. Javobni yozib qoʻyadi, yuborishni siz hal qilasiz. Xohlasangiz, oddiy savollarga (narx, manzil, ish vaqti) oʻzi javob berishini yoqasiz — va istalgan payt oʻchirasiz. Pulni esa hech qachon oʻtkazmaydi.

      Bu qanday koʻrinadi
    • U nimani bilishini «Xotira»da koʻrasiz. Notoʻgʻrisini tuzatsangiz, saboq qilib yozib oladi va takrorlamaydi. Mijozga ketadigan javoblar esa siz tanlagan tartibda tekshiruvdan oʻtadi.

      • Har bir akkaunt alohida — boshqa foydalanuvchilar koʻrmaydi.
      • Yozishmalaringiz AIʼni oʻqitish uchun ishlatilmaydi.
      • Hammasini bitta ZIP qilib yuklab olasiz, soʻrasangiz akkaunt butunlay oʻchiriladi.

    Tanishuv — oʻn daqiqa. Keyin MOOPI har kuni yoningizda.

    Roʻyxatdan oʻtish