MOOPI Telegram’da
Oxirgi yangilanish: 22.10.2026
Telegram’da MOOPI ikki xil ishlaydi: @moopiai bot orqali siz bilan gaplashadi, shaxsiy akkauntingiz orqali esa siz tanlagan chatlarda javob tayyorlaydi, eslatadi va xulosa qiladi.
Tez boshlash: 10 ta misol
«Yozing» — MOOPI chatiga, ilovada yoki @moopiai’da; «bosing» — ko‘rsatilgan joyni. Ilovadagi 💡 Imkoniyatlar bo‘limida bular va boshqa misollar bor: «Sinab ko‘rish»ni bossangiz, matn suhbatga yozib qo‘yiladi — o‘qib, kerak bo‘lsa o‘zgartirib, o‘zingiz yuborasiz.
Botga yozing: «Ertaga 10:00 da Ravshanga qo‘ng‘iroq qilishni eslat»
Vaqtida eslatma keladi — «Bajarildi», «1 soatdan keyin», «Ertaga» tugmalari bilan.
Botga yozing: «Bugun savdo 4,2 mln, xarajat 1,1 mln — daftarga yoz»
Raqamlar daftarga yoziladi; 📒 Daftarlar jamini ko‘rsatadi.
Excel yuborib yozing: «Shu savdoni tahlil qil»
Xulosa, jadval va kerak bo‘lsa tayyor fayl.
Botga yozing: «Har dushanba 9:00 da o‘tgan hafta savdosini hisoblab ber»
Muntazam vazifa: natija har hafta botga keladi.
Bosing: /today
Bugungi vazifalar, tasdiq kutayotganlar va daftardagi bugungi raqamlar.
Uzating: boshqa chatdagi xabar → «⏰ Eslatma» → «Ertaga 09:00»
Xabar eslatmaga aylanadi, AI ishlatilmaydi.
Yuboring: xodimingiz kontakti → «Xodim»
Odamlar ro‘yxatiga yoziladi, akkaunt ulangan bo‘lsa — chati xodim deb belgilanadi.
MOOPI’ga yozing: «Akmalga yoz: ertaga 9:00 da omborga kelsin»
Xabar sizning Telegram akkauntingizdan ketadi (sozlamaga qarab tasdiq bilan).
Bosing: Telegram → Funksiyalar → «Chatlar xulosasi»
Har kuni 08:00 da ish guruhlaringizdagi muhim gaplar.
Bosing: Telegram → Funksiyalar → «Band rejimi» → «Bugun 18:00 gacha»
Shu vaqtgacha yozganlarga avtomatik javob ketadi.
@moopiai bot
MOOPI bilan Telegram’da gaplashish, fayl yuborish, eslatmalar, ertalabki brifing va tasdiqlar uchun.
Bot nima qiladi
- Suhbat. Savol yozing — MOOPI javob beradi. Xotira, daftarlar, vazifalar va fayllar ilovadagi bilan bir xil.
- Fayl va rasmlar. Excel, PDF, chek yoki hujjat rasmini yuboring — MOOPI tahlil qiladi. O‘zi tayyorlagan fayllarni ham shu yerga yuboradi.
- Tugmalar va buyruqlar. Kun rejasi, vazifalar, daftarlar, yangi suhbat, til, yordam va (ulangan bo‘lsa) Instagram — yozish maydoni ostida va / menyusida.
- Uzatilgan xabarlar. Boshqa chatdagi xabarni botga uzating — undan vazifa, eslatma yoki daftar yozuvi qilinadi.
- Kontaktlar. Kontakt yuborsangiz, MOOPI uni odamlar ro‘yxatiga yozib qo‘yadi.
- Eslatmalar o‘z vaqtida, «Bajarildi» va «keyinroq» tugmalari bilan.
- Ertalabki brifing har kuni siz tanlagan vaqtda, muntazam vazifalar natijasi esa tayyor bo‘lishi bilan.
- Tasdiq so‘rovlari. MOOPI biror narsani yuborishdan oldin (masalan, Instagram yoki Telegram’dagi mijozga javob) shu yerda ruxsat so‘raydi.
- To‘liq ilova Telegram ichida — chatdagi MOOPI menyu tugmasi orqali.
Botni ulash
MOOPI akkauntingiz bo‘lsa:
- MOOPI ilovasida Sozlamalar → Integratsiyalar → Telegram bot · @moopiai qatorida «Ulash»ni bosing.
- Telegram’da @moopiai ochiladi. Start («Boshlash») tugmasini bosing.
- Bot sizni ismingiz bilan kutib oladi, ilovada esa «Telegram bot ulandi ✅» yozuvi chiqadi. Qatorda endi «Ulangan — eslatma va brifing botga keladi» deb turadi.
- Bitta Telegram chat — bitta MOOPI akkaunti. Chatni boshqa akkauntga ulasangiz, oldingisidan uziladi.
- Uzish: Sozlamalar → Integratsiyalar → Telegram bot → «Uzish». Shundan keyin eslatma, brifing va tasdiq so‘rovlari botga kelmaydi.
Birinchi marta: rozilik
Foydalanish shartlariga hali rozilik bermagan bo‘lsangiz, bot avval qisqa ogohlantirish ko‘rsatadi: MOOPI sun’iy intellekt va xato qilishi mumkin, ma’lumotlaringiz qayerda saqlanadi va kim ularni qayta ishlaydi. Ostida uchta tugma: «📄 Shartlar», «🔒 Maxfiylik» va «✅ 18 yoshdan kattaman, roziman». Rozilik bermaguningizcha bot savollarga javob bermaydi.
Akkauntingiz hali tasdiqlanmagan bo‘lsa, bot shuni aytadi va MOOPI egasi faollashtirganda shu yerga xabar beradi.
Saytga Telegram kodi bilan kirish
moopi.uz’ga parolsiz kirish mumkin — kodni @moopiai yuboradi:
- MOOPI kirish sahifasida «Telegram orqali kirish»ni tanlang. Telegram’da @moopiai ochiladi.
- Bot ulangan bo‘lsa, 6 xonali kod darhol keladi. Ulanmagan bo‘lsa, bot «📱 Raqamni yuborish» tugmasini ko‘rsatadi — bosing va o‘z raqamingizni yuboring.
- Kodni saytdagi oynaga yozing.
- Raqam haqiqatan sizniki ekanini Telegram o‘zi tasdiqlaydi. Kirish uchun boshqa odamning kontaktini yuborsangiz, bot qabul qilmaydi.
- MOOPI’da hali akkauntingiz bo‘lmasa, raqamni yuborganingizda yangi akkaunt ochiladi. U MOOPI egasi tasdiqlagandan keyin ishlaydi — bot faollashganda xabar beradi.
Suhbatlashish
- Botga ilovadagidek yozing. Xotira, daftarlar, vazifalar va fayllar bitta: botda aytganingizni ilova ham biladi, ilovada aytganingizni bot ham biladi.
- Botdagi suhbatlar ilovadagi suhbatlar ro‘yxatida ham turadi.
- Javob yozilayotgan paytda xabar ko‘z oldingizda to‘lib boradi.
- Suhbat davom etadi. 6 soat jim tursangiz, keyingi xabar yangi suhbat boshlaydi. Mavzuni o‘zingiz almashtirish uchun «💬 Yangi suhbat»ni bosing.
- Oddiy so‘z bilan ish buyuring: «bugun savdo 4,2 mln» desangiz, daftarga yozadi; «ertaga 10:00 da Ravshanga qo‘ng‘iroq» desangiz, eslatma qo‘yadi.
Fayl va rasm yuborish
- Faylni (Excel, PDF, Word va boshqalar) yoki rasmni (chek, hujjat, tovar) botga yuboring.
- Savolni fayl izohiga (caption) yozing, masalan: «bu oy xarajatlarini toifalarga ajrat». Izoh bo‘lmasa, MOOPI faylni o‘zi ko‘rib chiqadi.
- Yuborgan faylingiz ilovadagi «Fayllar» bo‘limida ham saqlanadi.
- MOOPI tayyorlagan fayllar (masalan, Excel hisobot) botga fayl bo‘lib keladi.
Pastdagi tugmalar
Yozish maydoni ostida oltita tugma turadi, Instagram ulangan bo‘lsa — yettita:
- ☀️ Bugun — bugungi reja: muddati o‘tgan va bugungi vazifalar vaqti bilan, tasdiq kutayotgan so‘rovlar soni va daftarlardagi bugungi raqamlar. Vazifa tugmasini bossangiz, u bajarildi deb belgilanadi.
- ✅ Vazifalar — ochiq vazifalar (12 tagacha), eng yaqini tepada. Bajarilganini bosing. Takrorlanadigan vazifalar 🔁 bilan belgilangan va bu ro‘yxatdan yopilmaydi.
- 📒 Daftarlar — har bir daftar bo‘yicha jami: bugun, 7 kun va oy.
- 💬 Yangi suhbat — yangi mavzu boshlaydi.
- 🌐 Русский — tilni almashtiradi; rus tilida bu tugma «🌐 O‘zbekcha» bo‘ladi. MOOPI akkauntingiz tili ham o‘zgaradi.
- ❓ Yordam — qisqa yo‘riqnoma va «📱 MOOPI ilovasi» tugmasi.
- 📸 Instagram — Instagram ulangan bo‘lsa: javob kutayotgan Direct xabarlar va izohlar (batafsil).
Buyruqlar menyusi
Yozish maydoniga / belgisini yozing — buyruqlar ro‘yxati chiqadi. Ular pastdagi tugmalar kabi ishlaydi:
- /today — Bugun
- /tasks — Vazifalar
- /notes — Daftarlar
- /instagram — Instagram
- /telegram — Telegram akkaunt
- /new — Yangi suhbat
- /language — Til
- /help — Yordam
Buyruqlar tavsifi Telegram ilovangiz tiliga qarab o‘zbek yoki rus tilida chiqadi.
Xabarni botga uzatish
Boshqa chatdagi xabarni @moopiai’ga uzating (Forward). Bot «Bu xabar bilan nima qilay?» deb so‘raydi va to‘rtta tugma beradi:
Siz uzatgan xabar, Bekzoddan
Ertaga 15:00 gacha shartnoma loyihasini yuboring
@moopiai
Bu xabar bilan nima qilay?✅ Vazifa⏰ Eslatma📒 Daftarga💬 MOOPI’ga
- ✅ Vazifa — vazifa darhol yaratiladi: sarlavhasi — xabarning birinchi qatori, ichida — to‘liq matn va «Kimdan: …». AI ishlatilmaydi.
- ⏰ Eslatma — bot «Qachon eslatay?» deb so‘raydi: «1 soatdan keyin», «Bugun 19:00», «Ertaga 09:00» yoki «Boshqa vaqt». Birinchi uchtasi eslatmani darhol qo‘yadi (AI’siz). «Boshqa vaqt»da vaqtni so‘z bilan yozasiz, masalan «payshanba 11:00», va eslatmani MOOPI qo‘yadi.
- 📒 Daftarga — MOOPI xabarni daftaringizga yozadi (masalan, savdo yoki xarajat).
- 💬 MOOPI’ga — xabar MOOPI’ga oddiy suhbat bo‘lib boradi: muhokama qiling yoki javob yozdiring.
Kontakt yuborish
Botga birovning kontaktini yuborsangiz (📎 → Kontakt), bot u kimligini so‘raydi va javobingizni MOOPI xotirasidagi odamlar ro‘yxatiga yozadi: «ism — kim — raqam».
Siz yuborgan kontakt
Akmal Karimov, +998 …
@moopiai
👤 Akmal Karimov (+998 …) — kim bu?MijozXodimYetkazib beruvchiHamkorBoshqa
Siz
Xodim
- «Boshqa»ni bossangiz, 10 daqiqa ichida qisqacha yozasiz, masalan «buxgalter».
- Xodim tanlansa va shaxsiy Telegram akkauntingiz ulangan bo‘lsa, shu odamning chati xodim deb belgilanadi — «Xodimlarga tasdiqsiz» uchun.
- AI ishlatilmaydi, bepul. MOOPI bu ro‘yxatdan suhbatlarda foydalanadi.
Instagram botda
Instagram ulangan bo‘lsa, pastda 📸 Instagram tugmasi paydo bo‘ladi (yoki /instagram yozing). Bot javob kutayotgan Direct xabarlar va izohlar sonini va oxirgi 5 tasini ko‘rsatadi. Har birining tugmasi o‘sha yozishma yoki postni MOOPI ilovasida, Telegram ichida ochadi.
Instagram javob loyihalari ostida qo‘shimcha 💬 Suhbatni ochish tugmasi bor: Direct loyihasida yozishma, izoh loyihasida post va uning izohlari ochiladi. Tasdiqlashdan oldin butun suhbatni ko‘rib olasiz.
@moopiai
Instagram → @mijoz
«Do‘koningiz soat nechagacha ishlaydi?»
Javob: «Salom! Har kuni 9:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz.»✅ Tasdiqlash❌ Rad etish✏️ O‘zgartirish💬 Suhbatni ochish
Batafsil: Instagram qo‘llanmasi.
Eslatmalar
MOOPI’ga «ertaga 10:00 da yetkazib beruvchiga qo‘ng‘iroq qilishni eslat» desangiz, vaqti kelganda botga «⏰ Eslatma: …» keladi — muddati va izohi bilan. Ostida uchta tugma:
- ✅ Bajarildi — vazifa yopiladi.
- ⏰ 1 soatdan keyin — bir soatdan keyin yana eslatadi.
- 📅 Ertaga — ertaga shu vaqtda eslatadi.
Takrorlanadigan eslatmalar (🔁) tugmasiz keladi va o‘z jadvali bo‘yicha davom etadi. Har bir eslatma ilovadagi bildirishnomalarda ham ko‘rinadi.
Ertalabki brifing
- Har kuni siz tanlagan vaqtda MOOPI kun rejasini yozadi: bugungi vazifalar, e’tibor beradigan ishlar, takliflar va biznesingiz haqida bitta savol. Dushanba kuni o‘tgan hafta sharhi qo‘shiladi.
- Brifing botga «☀️ Ertalabki brifing tayyor» sarlavhasi bilan keladi. Unga botda javob yozsangiz, suhbat brifing davomida ketadi.
- Telegram akkauntingizda javobsiz qolganlar yoqilgan bo‘lsa, brifingda «Telegramda javob kutayotganlar: N» qatori ham bo‘ladi.
- Vaqtni o‘zgartirish yoki o‘chirish: ilovada Sozlamalar → Ertalabki brifing → «Vaqti» (odatda 08:00) yoki «Har kuni ertalab» kaliti.
- Muntazam vazifalar natijasi ham botga keladi — masalan, «har dushanba 9:00 da o‘tgan hafta savdosini hisoblab ber» deb qo‘ygan ishingiz.
Tasdiq so‘rovlari
MOOPI tashqariga ta’sir qiladigan ishni — Instagram yoki Telegram’dagi mijozga javob, izohga javob, Instagram yoki kanalga post, Telegram akkauntingizdan xabar — bajarishdan oldin ruxsat so‘raydi. So‘rov botga tugmalar bilan keladi:
- ✅ Tasdiqlash — MOOPI bajaradi, natija shu xabarda ko‘rinadi.
- ❌ Rad etish — hech narsa qilinmaydi.
- ✏️ O‘zgartirish — faqat yuboriladigan xabarlarda (Instagram Direct va izohga javob, Telegram xabari).
- 💬 Suhbatni ochish — Instagram loyihalarida: yozishma yoki postni ilovada ochadi.
Matnni o‘zgartirish
- «✏️ O‘zgartirish»ni bosing — bot hozirgi matnni ko‘rsatadi.
- Yangi matnni oddiy xabar qilib yozing (10 daqiqa ichida).
- Eski xabar «✏️ Matn o‘zgartirildi — yangisi pastda» bo‘ladi, so‘rov esa yangi matn va tugmalar bilan qayta chiqadi.
Ilovada qaror qilsangiz
Bot xabari o‘zi yangilanadi. Ilovaning «Tasdiqlar» bo‘limida tasdiqlasangiz yoki rad etsangiz, Telegram’dagi xabarda natija chiqadi va tugmalar yo‘qoladi: «✅ Tasdiqlandi va bajarildi», «❌ Rad etildi», «⚠️ Bajarilmadi: …» yoki «↩️ Bekor qilindi: …» (masalan, mijozga o‘zingiz javob bergansiz). Ilovada matnni o‘zgartirsangiz, bot xabarida ham yangi matn chiqadi.
Ilovani Telegram ichida ochish
- Chatda yozish maydoni yonidagi MOOPI menyu tugmasini (☰) bosing — to‘liq MOOPI ilovasi Telegram ichida ochiladi.
- Parol yoki kod kerak emas: Telegram sizni tanitadi va bot ulangan akkauntga avtomatik kiritadi.
- «❓ Yordam» ostidagi «📱 MOOPI ilovasi» tugmasi, Instagram ro‘yxatidagi va «💬 Suhbatni ochish» tugmalari ham ilovani shu yerda ochadi.
Bot: agar nimadir ishlamasa
- Bot telefon raqamingizni so‘rayapti — bu chat hech qaysi akkauntga ulanmagan. Ilovada ulang yoki raqamingizni yuborib kiring.
- «Bu havola eskirgan» — ilovada «Ulash»ni qayta bosing; havola 15 daqiqa amal qiladi.
- «Akkauntingiz hali tasdiqlanmagan» — MOOPI egasi faollashtirganda bot o‘zi xabar beradi.
- «Texnik ishlar olib borilyapti» — birozdan keyin qayta yozing.
- Saytda «Kod noto‘g‘ri yoki eskirgan» — kod 5 daqiqa amal qiladi; botdan yangisini oling.
- Tugmalar ko‘rinmayapti — /start deb yozing.
- Uzatilgan xabar tugmalari ishlamayapti — ular 10 daqiqa amal qiladi; xabarni qayta uzating.
- Eslatmalar botga kelmayapti — Sozlamalarda bot qatorida «Ulangan» turganini tekshiring.
- «Ovozli xabarlarni hozircha tushunmayman» — matn bilan yozing.
Telegram akkaunt (shaxsiy akkauntingiz)
Bu bot emas, sizning o‘z Telegram akkauntingiz. Uni ulasangiz, MOOPI siz tanlagan chatlarda javob tayyorlaydi, javobsiz xabarlarni eslatadi, guruhlarni xulosa qiladi va siz band bo‘lganda javob beradi. Har bir funksiya alohida yoqiladi.
Akkauntni ulash
- MOOPI ilovasida Sozlamalar → Integratsiyalar → Telegram akkauntim qatorida «Ulash»ni bosing.
- Rozilik oynasini o‘qing: MOOPI siz tanlagan chatlardagi xabarlarni faqat yoqilgan funksiyalar uchun o‘qiydi, saqlaydi (shaxsiy chatlar 14, guruhlar 3 kun) va javob yoki xulosa tayyorlash uchun Claude (Anthropic) orqali qayta ishlaydi — batafsil Maxfiylik siyosatida. «Roziman, davom etish»ni bosing.
- Telefon raqamingizni yozing (+998…).
- Telegram kod yuboradi — odatda Telegram ilovangizdagi rasmiy «Telegram» chatiga. Kodni MOOPI oynasiga yozing.
- Ikki bosqichli tekshiruv paroli bo‘lsa, uni ham yozing. Parol faqat kirish uchun ishlatiladi va saqlanmaydi.
- «Telegram ulandi» yozuvi chiqadi va ilovada Telegram bo‘limi paydo bo‘ladi. U Funksiyalar ekranidan ochiladi: hech bir funksiya o‘zi yoqilmaydi — keraklisini yoqing va u uchun chatlarni tanlang.
Yagona istisno — o‘zingiz so‘raganingiz: MOOPI bilan suhbatda «Akmal oxirgi nima yozdi?» desangiz, MOOPI o‘sha chatni o‘qib beradi.
- Telegram’ning Sozlamalar → Qurilmalar (Devices) ro‘yxatida MOOPI uchun yangi seans ko‘rinadi. Uni o‘sha yerdan tugatsangiz, ulanish uziladi va bot bir marta xabar beradi: «Telegram akkaunt uzildi — qayta ulang».
- Uzish: Sozlamalar → Integratsiyalar → Telegram akkauntim → «Uzish». Seans va saqlangan Telegram xabarlari MOOPI’dan o‘chiriladi.
Funksiyalar va narxi
Telegram bo‘limida beshta yorliq bor: Funksiyalar · Kiruvchi · Kuzatuv · Xulosalar · Kanal. Bo‘lim Funksiyalar’dan ochiladi. Har bir funksiyaning kartasi bor: kalit, qisqa tavsif, «Misol» rasmi, narx («AI · pullik — bu oy $…» yoki «Bepul»), xavf bo‘lsa — ogohlantirish va «Sozlash» tugmasi.
- O‘chiq funksiya hech narsa qilmaydi va pul sarflamaydi.
- Chat tanlashni talab qiladigan funksiyani yoqsangiz, avval chat tanlash ochiladi: qidiruv bilan, shaxsiy chatlar va guruh/kanallar alohida. Chat tanlanmagan funksiya kartada «Yoqilgan, lekin hali ishlamayapti: …» deb ko‘rinadi.
- Chatlar, vaqtlar, kalit so‘zlar, band rejimi, xabar yuborish rejimi va bu oygi xarajat — «Telegram sozlamalari»da: bo‘lim sarlavhasidagi slayder belgisini bosing.
Sakkizta funksiya va narxi
- AI · pullik: Javob loyihalari — har biri taxminan 0,5–1 sent; Chatlar xulosasi — kuniga taxminan 2–10 sent.
- Bepul: Javobsiz qolganlar, Kuzatuv, Xodimlarga tasdiqsiz, O‘qilganini kuzatish, Kanalga post (joylash bepul, «MOOPI yozib bersin» — AI, pullik), Band rejimi.
Narxlar taxminiy: aniq summa har bir kartada va «Telegram sozlamalari»dagi «Bu oy xarajat»da ko‘rinadi.
Javob loyihalari
Tanlangan shaxsiy chatlarga xabar kelsa, MOOPI biznesingiz haqidagi ma’lumotlar va shu chatning oxirgi 10 ta xabari asosida javob tayyorlaydi va @moopiai’ga tasdiqlash uchun yuboradi. Mijoz ketma-ket yozsa, MOOPI 20 soniya kutib, hammasiga bitta javob tayyorlaydi.
Jasur, shaxsiy chat
Salom, do‘koningiz yakshanba kuni ishlaydimi?
@moopiai
Telegram · Jasur
💬 «Salom, do‘koningiz yakshanba kuni ishlaydimi?»
✍️ Javob: «Salom! Ha, yakshanba kuni 10:00 dan 18:00 gacha ishlaymiz.»✅ Tasdiqlash❌ Rad etish✏️ O‘zgartirish
Siz
✅ Tasdiqlash
- «✅ Tasdiqlash» — javob sizning akkauntingizdan, mijozning oxirgi xabariga javob sifatida ketadi. «✏️ O‘zgartirish» — matnni tuzatasiz.
- Mijozga o‘zingiz qo‘lda javob yozsangiz, MOOPI loyihasi bekor qilinadi.
- Ilovadagi Kiruvchi yorlig‘ida bu chatlar yozishma ko‘rinishida turadi: MOOPI loyihasi kartasi va o‘z javobingiz uchun maydon bilan. O‘zingiz yozgan javob darhol ketadi.
- MOOPI narx, chegirma yoki va’dani o‘ylab topmaydi va shaxsiy ma’lumotlaringizni mijozga aytmaydi — Instagram’dagidek.
Narxi: AI · pullik — har bir loyiha taxminan 0,5–1 sent.
Yoqish: Telegram bo‘limi → Funksiyalar → «Javob loyihalari» → kalitni yoqing va mijozlar chatlarini tanlang.
Javobsiz qolganlar
Tanlangan chatlarda oxirgi xabar sizga kelgan va unga 3 soat javob berilmagan bo‘lsa, @moopiai bir marta eslatadi. Soatlar faqat 08:00–21:00 oralig‘ida hisoblanadi; 3 soat o‘rniga boshqa muddat qo‘yish mumkin.
@moopiai
⏳ Dilnoza 3 soatdan beri javob kutyapti: «Hisob-fakturani bugun yubora olasizmi?»💬 Javob loyihasi✓ Kerak emas
- 💬 Javob loyihasi — MOOPI shu chat uchun darhol javob tayyorlaydi. Bu tugma AI javob loyihalariga ruxsat berilgan bo‘lsa chiqadi; narxi — bitta loyiha.
- ✓ Kerak emas — eslatma yopiladi.
- Ertalabki brifingda «Telegramda javob kutayotganlar: N» qatori ham chiqadi.
Narxi: bepul.
Buning uchun tanlangan chatlar xabarlari ham MOOPI’da saqlanadi (shaxsiy chatlar 14 kun, guruhlar 3 kun).
Yoqish: Funksiyalar → «Javobsiz qolganlar» → chatlarni tanlang. Muddat — «Telegram sozlamalari» → «Necha soatdan keyin eslatsin».
Chatlar xulosasi
Tanlangan guruh va kanallarning yangi xabarlarini MOOPI kuniga bir marta qisqa xulosa qiladi: muhim qarorlar, sizga berilgan savollar, muddatlar va sizni eslatgan joylar. Odatda 08:00 da — ertalabki brifingdan oldin; vaqt — «Telegram sozlamalari» → «Xulosa vaqti».
@moopiai
Chatlar xulosasi
«Ombor» — ertaga 10:00 da yuk keladi, qabul qilishni Bekzod oldi.
«Sotuvchilar» — Malika sizdan yangi narxlar ro‘yxatini so‘radi (javob kutilmoqda).
- Xulosa @moopiai’ga keladi va ilovadagi Xulosalar yorlig‘ida saqlanadi. «Hozir xulosa qilish» bilan istalgan payt ishga tushirasiz.
- Yangi xabar bo‘lmagan kuni xulosa qilinmaydi va pul ketmaydi.
- Juda faol guruhlarda bir martada eng yangi xabarlar (800 tagacha) olinadi.
Narxi: AI · pullik — kuniga taxminan 2–10 sent, chatlar va xabarlar soniga qarab.
Yoqish: Funksiyalar → «Chatlar xulosasi» → guruh va kanallarni tanlang.
Kuzatuv: kalit so‘zlar
Tanlangan guruhlarda kalit so‘z — masalan, «narx», «buyurtma» yoki mahsulotingiz nomi — uchrasa, @moopiai darhol xabar beradi, iloji bo‘lsa xabarning o‘ziga havola bilan.
Guruh «Ulgurji bozor», Anvar
Kimda 50 ta stul bor? Narxini ayting
@moopiai
🔔 Ulgurji bozor · Anvar: «Kimda 50 ta stul bor? Narxini ayting» (kalit so‘z: narx)
- Katta-kichik harf va yozuv farq qilmaydi: «narx», «NARX» va «нарх» bir xil.
- Bitta chatdan 5 daqiqada ko‘pi bilan bitta xabar keladi; qolganlari ilovadagi Kuzatuv yorlig‘ida turadi.
Narxi: bepul.
Yoqish: Funksiyalar → «Kuzatuv» → kalit so‘zlar va guruhlar.
Xodimlarga xabarlar
MOOPI bilan suhbatda «Akmalga yoz: ertaga 9:00 da omborga kelsin» desangiz, MOOPI xabarni sizning akkauntingizdan yuboradi. Qanday ketishini «Telegram sozlamalari» → «MOOPI xabar yuborishdan oldin» belgilaydi:
- Har doim tasdiqlash (boshlang‘ich holat) — har bir xabar oldin @moopiai’ga va «Tasdiqlar»ga keladi. Eng xavfsiz.
- Xodimlarga tasdiqsiz — xodim deb belgilangan chatlarga darhol ketadi, boshqalarga — tasdiqingiz bilan. Funksiyalardagi «Xodimlarga tasdiqsiz» kartasi shu rejimni yoqadi.
- Hech qachon so‘ramasin — MOOPI har qanday chatga tasdiqsiz yozadi. Tavsiya etmaymiz.
Siz, MOOPI chatida
Akmalga yoz: ertaga 9:00 da omborga kelsin
@moopiai
✉️ Akmal’ga yuborildi: «Akmal, ertaga soat 9:00 da omborga keling.»🗑 O‘chirish
Siz
Akmal o‘qidimi?
MOOPI
Ha, 14:32 da o‘qidi.
- 🗑 O‘chirish — tasdiqsiz yuborilgan xabarni 48 soat ichida ikkala tomondan o‘chiradi. Xuddi shuni Kiruvchi yorlig‘ining tepasidagi Yuborilganlardan ham qilasiz.
- O‘qilganini kuzatish (alohida karta, bepul) — MOOPI yuborgan xabarlar holati: ✓ yuborildi, ✓✓ o‘qildi. «Yuborilganlar»da ko‘rinadi; chatda «Akmal o‘qidimi?» deb so‘rash ham mumkin.
- Xodimlar chatlarini «Telegram sozlamalari» → «Xodimlar chatlari»da belgilaysiz yoki botga kontaktini yuborib «Xodim»ni tanlaysiz.
Narxi: yuborish bepul; xabarni MOOPI chatida yozdirish oddiy suhbat kabi AI ishlatadi.
Yoqish: Funksiyalar → «Xodimlarga tasdiqsiz» → xodimlar chatlarini belgilang.
Kanalga post
Siz admin bo‘lgan kanallarga MOOPI orqali post joylaysiz. Ilovadagi Kanal yorlig‘ida kanalni tanlang, matn (xohlasangiz rasm) yozing va darhol joylang yoki «Keyinroq chiqsin»ni yoqib vaqtni tanlang. Rejalashtirilgan post Telegram’ning o‘z «rejalashtirilgan xabarlar»iga tushadi.
Siz, «MOOPI yozib bersin»
Kuzgi kolleksiya haqida qisqa post
MOOPI
Kuzgi kolleksiya keldi! 30 dan ortiq yangi model — Chilonzordagi do‘konimizda kutamiz.
Siz
Juma, 10:00 ga rejalashtirish
- MOOPI yozib bersin — post nima haqida ekanini yozing, MOOPI matnni tayyorlaydi; siz tekshirib joylaysiz.
- Ilovada o‘zingiz yozgan post tasdiqsiz ketadi. MOOPI chatida «kanalga post qil» desangiz, u joylashdan oldin tasdiq so‘raydi.
Narxi: joylash bepul; «MOOPI yozib bersin» — AI · pullik (bitta matn).
Yoqish: Funksiyalar → «Kanalga post».
Band rejimi
Band bo‘lganingizda — kechasi, dam olish kuni, yig‘ilishda — MOOPI shaxsiy chatlarga siz yozib qo‘ygan javobni avtomatik yuboradi.
Noma’lum raqam, 23:10
Salom, buyurtma bermoqchi edim
Siz, avtomatik
Salom! Hozir javob bera olmayman, ertalab 9:00 dan keyin yozaman.
- Qachon: har kungi jadval (masalan, 21:00–08:00 — yarim tundan o‘tishi mumkin) yoki «Hozirdan … gacha»: 1 soatga, 3 soatga, bugun 18:00 gacha, ertaga 09:00 gacha yoki boshqa vaqt.
- Kimga («Kimga javob bersin»): «Faqat tanlangan chatlarga», «Kontaktlarimda yo‘q odamlarga» (masalan, yangi mijozlar) yoki «Barcha shaxsiy chatlarga» — oila va do‘stlarga ham, ehtiyot bo‘ling.
- Bitta odamga 6 soatda bir marta. Botlar, guruhlar, kanallar va Telegram xizmat chatlariga hech qachon yuborilmaydi.
Narxi: bepul.
Yoqish: Funksiyalar → «Band rejimi» → «Javob matni»ni yozing; vaqt va kimga — «Telegram sozlamalari»da.
Xavfsizlik va cheklovlar
- Faqat tanlangan chatlar. Funksiyalar uchun MOOPI faqat siz tanlagan chatlardagi xabarlarni o‘qiydi va saqlaydi va funksiya yoqilmagan chatga yozmaydi.
- Saqlash muddati. Shaxsiy chatlar xabarlari 14 kundan, guruh xabarlari 3 kundan keyin o‘chiriladi.
- Tasdiqsiz faqat siz yoqqanlar: band rejimi javoblari, «Xodimlarga tasdiqsiz» rejimidagi xabarlar va (tavsiya etilmaydigan) «Hech qachon so‘ramasin» rejimi. Qolgan hamma narsa tasdiq bilan.
- Soatiga 20 ta. Tasdiqsiz xabarlar birgalikda soatiga 20 tadan oshmaydi. Telegram ko‘p avtomatik xabar yuborgan akkauntni cheklashi mumkin.
- Ommaviy tarqatma yo‘q. MOOPI akkauntingizdan ommaviy yoki so‘ralmagan xabar yubormaydi.
- Begona matn — buyruq emas. Mijoz, xodim yoki guruh xabarlari MOOPI uchun faqat ma’lumot: ulardagi «ko‘rsatma»larni bajarmaydi.
Batafsil: Maxfiylik siyosati, Telegram akkaunt bo‘limi va Foydalanish shartlari, Telegram akkaunt bo‘limi.
Akkaunt: agar nimadir ishlamasa
- «Telegram akkaunt uzildi — qayta ulang» — seans Telegram’da tugatilgan (masalan, Qurilmalar ro‘yxatidan). Sozlamalarda qayta ulang.
- Kod kelmayapti — kodni Telegram ilovangizdagi rasmiy «Telegram» chatidan qidiring. Raqamni xalqaro formatda yozing (+998…).
- Ilovada Telegram bo‘limi yo‘q — akkaunt ulanmagan: Sozlamalar → Integratsiyalar → «Telegram akkauntim» → «Ulash».
- Funksiya yoqilgan, lekin hech narsa bo‘lmayapti — kartada «Yoqilgan, lekin hali ishlamayapti: …» yozuvi bo‘lsa, «Sozlash»ni bosing va chat tanlang.
- Loyiha va eslatmalar kelmayapti — ular @moopiai botga keladi: botni ulang.
- Band rejimi javob bermadi — o‘sha odamga oxirgi 6 soatda javob berilgan, u guruh yoki bot, yoki soatlik 20 ta chegara to‘lgan.
Savollar bo‘lsa, Telegram’da @moopiai orqali yozing.